“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Rossiya Federatsiyasi Davlat kutubxonasida malaka oshirib qaytgan axborot-kutubxona fondlarini saqlash xizmati bosh mutaxassisi Zarina Latipova tomonidan axborot-kutubxona markazi mutaxassis xodimlari uchun “Kutubxonalarda fondlarni saqlash va konservatsiya masalalari” nomli o’quv seminari tashkil qilindi. Ushbu o’quv seminarida axborot-kutubxona hujjatlarini saqlash va qayta restavratsiya qilish masalalariga alohida to’xtalib o’tildi. Mazkur seminar axborot-kutubxona markazi mutaxassislarining fondni saqlash, asrab-avaylash, qayta restavratsiya qilish borasidagi bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.