“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand shahar Ichki Ishlar bo’limi va Toyloq tuman Ichki Ishlar bo’limi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Samarqand tuman Ichki Ishlar bo’limi va Toyloq tuman Ichki Ishlar bo’limi terma jamoasi “Zakovat” intellektual o’yinida g’oliblikni qo’lga kiritdi.