Jomboy tuman hokimligi tomonidan Jomboy tuman axborot kutubxona markazi uchun yangi bino qurilib, aholi uchun foydalanishga topshirildi.
Kutubxonaning tantanali ochilish marosimida Jomboy tuman hokimi Q. Sobirov, senator F.Toshev, AOKA hududiy boshqarmasi boshlig‘i M.Ibodullayev, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Jomboy tumani hokimligi tomonidan kutubxona fondiga 300 nusxada kitob sovg‘a qilindi.

Endilikda zamonaviy bino va sharoitlarga ega bo‘lgan kutubxona kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor.