Bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida joriy yilning 13- avgust kuni Markaziy harbiy okrug 37239 harbiy qism harbiy xizmatchilari A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirishdi. Kitoblar inson hayotida qanchalik muhim o’rin tutayotganligi mutaxassislarimiz tomonidan ta’kidlab o’tildi.