Tug’ba Yilmaz va Emrah Yilmaz o’zlarining risolalarini A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga sovg’a qilishdi. Malumot o’rnida, Tug’ba Yilmaz Germaniyaning Aachen shahrida tug’ilgan. Ilmiy faoliyatini Afyon Kojatepe universitetida boshlab, Istanbul universitetining magistraturasini tamomlagan. Hozirda Anqara Hoji bayram Valiy Universitetida doktoranturani davom ettirmoqda.

Shu bilan birgalikda, 2021-yildaTUBITAK granti va Samarqand davlat universiteti taklifi bilan mustaqil izlanuvchi sifatida filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan O’zbekistonga kelib, Abdulla Oripovning asarlari, badiiy poetik mahorati ustida ilmiy izlanishar olib bormoqda.

Sizga havola qilinayotgan Tubg’a Yilmazning “Abdulla Oripov she’riyatida tasavvur va obraz” kitobi shoir bobomizning ijodiga bag’ishlangan ilmiy izlanishlari jamlangan.

Shuningdek, TUBITAK granti va Samarqand davlat universiteti taklifi bilan mustaqil izlanuvchi sifatida filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan O’zbekistonga kelib, ilmiy faoliyat olib borgan Emrah Yilmaz ham taniqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli asarlari haqida ilmiy izlanishlar olib bordi. Izlanishlari natijasida “Maxtumquli Firog’iyning fikr dunyosi” kitobini yozdi. Kitob, mumtoz davr adabiyoti fani o’qituvchilari, oliy o’quv yurtiga kirish uchun mustaqil tayyorlanuvchilar va keng kitobxonlar uchun mo’ljallangan.