O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi to’g’risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot-ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimida kitobxonlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan “100 kitob loyihasi” doirasida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida tanlov bo’lib o’tdi. Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart bo’yicha bellashishdi. Tanlov natijalariga ko’ra 1- o’rin Shamsiyeva Iroda, 2-o’rin Nuriddinov Zafar, 3-o’rin Djunaidova Zarina hamda Salohiddinova Madinalarga nasib etdi.