Kitob – zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro’shnolik kiritib, ezgu tuyg’ularni uyg’otmoqqa qodir. Shu bois so’nggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Xuddi shu maqsadda, bugun A.S,Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida Milliy gvardiya hamda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi hamkorlikda milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o’rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda harbiy xizmatchilar 3 ta shart bo’yicha o’zaro bellashishdi. Tanlov natijalariga ko’ra 1- o’rin leytenant Sherzod Toshqulov, 2-o’rin katta leytenant Ixtiyor Nabijonov, 3- o’rin 3 guruh komandiri leytenant Muhriddin Muzrobovga nasib etdi. G’olib bo’lgan ishtirokchilar boshqarmaning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.