Sevimli kutubxonangiz 1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan mehrini shakllantirish maqsadida yangi tanlov tashkil etilgan edi. Bugun tanlovning g‘olibi e‘lon qilinib, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ati tomonidan Bulung‘ur tumani 42- maktabning 2-sinf o‘quvchisi Abdinabiyeva Zilola g‘olib deb topildi hamda kutubxonaning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.