Kitobxonlik  haftaligi  doirasida   “Adabiyot-chegara bilmas” deganlaridek Tojikistonlik adabiyotshunos  olimu, jurnalistlar  A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida  tashrif buyurishdi. Tojikistonda xizmat ko’rsatgan olim,  adabiyotshinos  Xoja Muxammadaziz Muxammadzoda, Baynalmillat tashkiloti rahbari Alijon Barotov, Tojikistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Abbos Hamrozodalar  AKM bo’ylab ekskursiya, hamda muzey bilan yaqindan tanishishdi.   Mexmonlarga   kutubxona tarixi , bugungi  faoliyati, fondi to’g’risida  mutaxassislar  to’liq ma’lumotlar berib o’tishdi.  Tashrif so’ngida kutubxonachilik sohasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha taklif lar bildirildi.