Joriy yilning 25-aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyati Milliy gvardiya Boshqarmasi va  Samarqand shahar Qo’riqlash bo’limi bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” asari yuzasidan “Mutolaa zavqi” nomli viktorina o’yini bo’lib o’tdi. Ushbu viktorina o’yinida ishtirokchilar 3 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar va g’olib bo’lgan ishtirokchilar axborot-kutubxona markazining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.