“Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” doirasida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: “Kitobxon ona – kitobxon bola” davra suhbati bo’lib o’tdi. Bugungi tadbirimizda Alisher Navoiy nomidagi Òzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Tashabayeva tashrif buyurdilar. Millatning rivojlanishi, taraqqiy etish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bilimli, tarbiyali va ma‘rifatli yoshlarning jamiyat yuksalishida o‘rni beqiyos. Bunday yoshlarni barkamol etib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri- kitob mutolaa qilish hisoblangan.
Oilada ota-ona kitobga mehr qo‘ygan bo‘lsa, bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo‘ladi. Madijodalar, Otaqulovalar, Saidovalar, Ochilovalar oilasi ishtirok etishdi. Tadbir davomida, kitobning farzand tarbiyasida roli haqida tadbir qatnashchilari bilan o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda o‘rtoqlashishdi. Tadbir sòngida Umida Teshabayeva ishtirokchilarga esdalik sovģalar topshirdilar.