Bugun tarixiy davrning yangi bosqichi xalqimiz o‘z oldiga ezgu maqsadlar qo’yib, o‘z kuch va imkoniyatlariga tayangan xolda, og‘ir kunlarda ham hamjihatlik ila taraqqiyot sari odimlar borayotgan pallada yashayapmiz. Shu maqsadda, “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika kitobxonlar haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi AKMning xodimlari hamda mahalliy shoir va shoiralar bilan Samarqand viloyat Urgut tumanining “Muruvvat erkaklar internat uyi” va “Urgut tumani Ayollar internat uyida” kitob targ‘iboti o‘tgazildi. Kitob targ‘ibotida Turon akademiyasining ilmiy xodimi Samarqand shoirasi Mahmudova E’tibor, Samarqand yakkaxon xonanda Ortiq Nuriyev hamda Xavaskor xonanda Qurbonali Xasanov ishtirok etdilar.