Kitobxonlikni targ‘ib qilishni, avvalo, oiladan boshlamoq kerak. Qush uyasida ko‘rganini qiladi deganlaridek, oilada kitobga muhabbat bo‘lsa, bolalarda kitobga mehr bilan voyaga yetadi. Shunday ekan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi”: “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida, Jiyanbekova Sharofat, Davronova Mavluda, Davronova Nigina opalar farzandlari bilan ishtirok etib, o‘zlari o‘qigan asarlar haqida tadbir qatnashchilariga ma’lumot berib o‘tishdi.

Tadbir davomida, kitobxonlar ham faol qatnashib bolalar hayotida kitob qanchalik muhim ekanligini ta‘kidlab o‘tishdi.