A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand davlat universiteti mintaqaviy malaka oshirish markazi, ona tili va adabiyot yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari kutubxona bilan yaqindan tanishish maqsadida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.