2022 yil 24-fevral kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahar 3-umumta’lim maktabining o’qituvchilari M.Nodirova, N.Ergasheva, boshchiligida 6,7 – sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi. Ular AKM faoliyati, fondda mavjud adabiyotlar , elektron kutubxona, va barcha zallar bilan yaqindan tanishib, o’zlarining qiziqtirgan savollariga axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan javob oldilar.