Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari bilan kutubxona bilan yaqindan tanishish maqsadida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.