Bugun navbatdagi ekskursiya A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti magistrlari bilan tashkil qilindi. “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiyada mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz)    haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.