Respublika axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyat va tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun o’quv mashg’ulotlari tashkil etildi.O’quv mashg’ulotlari joriy yilning 17-21 oktabr kunlari bo’lib o’tdi.
O’quv mashg’ulotlar o’tkazilishidan maqsad mutaxassislarga Milliy kutubxona hamda uning xizmatlari faoliyati to’g’risida ma’lumot berish,ularning kasbiy malakasini oshirish,shu bilan birga sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va innovatsiyon yangiliklar bilan tanishtirishdan iborat.
O’quv mashg’ulotlarida o’z bilim va ko’nikmalarini oshirgan barcha mutaxassislarga sertifikat topshirildi.Sertifikatlarni Milliy kutubxona direktori U.Teshaboyeva va Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A.Gaziyevlar topshirar ekan, mutaxassislarga kelgusi faoliyatlarida omad tilab,soha rivojiga o’zlarining munosib xissalarini qo’shishlarini,katta maqsad va bilimlarni egallashlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.