Davron Nabiyev A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga o’zining “Qalam va Alam ” deb nomlangan kitobini sovg’a qildi.

Ushbu kitobda bir hayot yo’lini bosib o’tgan oddiy bir insonning bolalik yillari, maktab va talabalik faoliyati davomida ko’rgan kechirganlari, boshidan o’tgan o’tgan voqea- hodisalar bayon qilingan.

Kitobning ahamiyatli tomoni shundaki, inson hayotida yuz bergan qiyinchiliklar oldida taslim bo’lmasdan, ularni yengish uchun o’zida bor imkoniyatlardan aql-idrok ila foydalanganligi yorqin ifoda etilgan.

Ma’lumot o’rnida: Davron Nabiyev Samarqand viloyati Toyloq tumanida voyaga yetgan. Toshkent davlat tibbiyot akademiyasida tahsil olgan. “O’zbekiston tibbiyoti a’lochisi”, “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash a’lochisi”, “Samarqand viloyat vrachlar assotsiatsiyasi faxriysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanganlar. Hozirgi kunda “Mehnat Qahramoni ” Nabi Axmedov nomli intensiv bog’ yaratilishiga rahbarlik qilmoqda.

Keling, o’qib o’rganing! Zero fazilatli ilm olish ibodatdir!!!