Bugungi kunda ma’naviy hayotimizni yangi yuksak bosqichga ko’tarish muhim vazifadir. Chunki madaniy va ma’rifiy asoslari mustahkam yurtning kelajagi buyukdir.
Shu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib o’z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini angab olmoqda. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ma’naviy barkamol yoshlar –kelajagimiz poydevori” nomli ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazma orqali ma’naviy komillikka eltuvchi manbalardan bahra olishingiz mumkin.