Bugun kutubxonachilarimiz “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Samarqand shahar “Gumush Gold” sog’lomlashtirish  markazida bo’ldilar. Bolajonlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish bugungi kunda bizning maqsadimiz! Tashkil etilgan tadbirda o’zbek xalq maqollari va topishmoqlar viktorinasi,qandolatchilik, oshpazlik mahorati, qo’shiq va raqslar,sport o’yinlari, badiiy asarlar qahramonlari haqida qiziqarli o’yinlar tashki etildi.