Kitobxonlarga yanada qulaylik yaratish hamda ularning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot kutubxona markazi tomonidan Bog’i Feruza mahallasiga 100 ta QR kodli elektron kitoblar taqdim etildi. Mahalla yoshlar va fuqarolari kitoblardan mahalla binosida joylashgan Yoshlar kutubxonasida o’zlariga yoqgan kitobni skaner qilib o’qishlari mumkin.