Ayni paytda A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida, yurtimizda “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o’tkazilayotgan yoshlar festivallari doirasida harbiy xizmatchilar va kitobxonlar ishtirokida “Men o’qigan asarda” nomli davra suhbati o’tkazilmoqda. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat kengashidan H.G’oziyev kitobxonlar bilan savol-javob tashkil qildi. Shuningdek, badiiy adabiyotlarning qanchalik darajada buyuk va o’lmas kuchga ega ekanligi haqida to’xtalib o’tdi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarga AKM mutaxassislari tomonidan kutubxona faoliyati tanishtirilib, bo’sh vaqtlarida kutubxonaga kelib foydalanishlari mumkinligi aytib o’tildi.