Joriy yilning 4-avgust kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi xodimlari Samarqand shahar 34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurishdi.

Bolalarda kitobga bo’lgan mehr, do’stlik tuyg’usini shakllantirish maqsadida o’zbek, rus, ingliz tilidagi ertak kitoblar haqida ma’lumot berib o’tildi. Bundan tashqari bolajonlar bilan birgalikda she’r, qo’shiq ijro etilib, faol qatnashgan bolajonlarga ertak kitoblar sovg’a qilishdi.