Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi.
Kitobxonlar bilan oila va undagi masuliyat va talablar haqida yaqindan suxbatlashish maqsadida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Oila-nikoh munosabatlarida ayollar oʻrni” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida Samarqand shahar hokimligi oila va xotin-qizlar boʻlimi yetakchi mutaxassisi Qamarova Xurshida “XXI asr ayoli jamiyatda, oilada, farzandlar tarbiyasida qanday boʻlishi kerak?” degan savollar javob berib oʻtdi.