2023-yilning 16-iyun kuni Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar maxsus  kutubxonasida nogironligi bo‘lgan kitobxonlar o‘rtasida “Brayl yozuvida tez va ifodali o‘quvchi kitobxon” deb nomlangan viloyat ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda barcha shahar, tumanlardan 16 ta ishtirokchilar qatnashib o‘zlarining brayl shriftida sifatli, tez va ifodali o‘qish, hamda diktant  yozish kabi shartlarda o‘z mahoratlarini  namoish etdilar. Tanlov natijalariga ko’ra 1-o‘rin P.Maxmaraximov- Urgut tumani, 2 o‘rin Ya.Sherqulova- Qo‘shrabot tumani, 3 o‘rin Ya.Abdulakimova-Payariq tumaniga  nasib etdi.