A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida  dramaturg, o’zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan Said Ahmad tavalludining 102- yilligi munosabati bilan davra suhbat bo’lib o’tdi. Tadbirda adibning hayoti va ijodi, asаrlaridan parchalаr keltirilib, savol-javoblar o’tkazildi. Shuningdek, Said Ahmad ijodiga bag’ishlab AKM xodimlari tomonidan videolavha namoyish etildi. Tadbir so’nggida eng faol qatnashgan kitobxonlarga tashakkurnomalar taqdim etildi.