Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir. Joriy yilning 3-iyun kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Zamonaviy klassik adabiyotlari” loyihasi doirasida  Asqad Muxtor qalamiga mansub kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarga yana bir bor o’zbek ijodkorlarini naqadar buyuk meros qoldirganlarini yodga oldirishdir.