Ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi  Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 223 yilligiga bag’ishlab A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlar bilan “Men xalqimga asarlarimni bag’ishladim” deb nomlangan davra suhbati bo’lib o’tmoqda.  Tadbirda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Pushkin hayoti va ijodi to’g’risida ma’lumotlar berilib, kitobxonlar o’rtasida qiziqarli savol-javoblar o’tkazilmoqda.  Shuningdek, kitobxonlar uchun “Pushkinning oltin merosi” nomli kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etilgan.