”Kitobsevar millat” shiori ostida III Respublika kitobxonlik haftaligi” doirasida “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiyalar tashkil qilinmoqda. Ekskursiya davomida mutaxasisslar tomonidan kutubxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bòyicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumotlar bazasi haqida batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.