“Kitobsevar millat” shiori ostida III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi 82139 harbiy qism yosh kitobxon harbiy xizmatchilari o’rtasida “To’maris izdoshlari” nomli ko’rik tanlov bo’lib o’tdi. Ko’rik tanlovda SamDU talabalari mehmon bo’lishdi.
Tanlovda 4 ta shart bo’yicha ishtirokchilar bellashishdi. Bellashuv natijalariga ko‘ra 118 – ball bilan Ra’no Mansurovna g’oliblikni qo’lga kiritdi.