Joriy yil 2-13-oktabr kunlari Moskva shahrida “Kutubxona fondlarini restovratsiya qilish: klassik qog‘oz restovratsiyasi” mavzusida malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Malaka oshirish kurslarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-kutubxona resurslarini konservatsiya va restovratsiya qilish xizmati rahbari A.Norboyev hamda Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z. Latipovalar ishtirok etmoqdalar.

Rossiya Davlat kutubxonasi tomonidan tashkillashtirilgan malaka oshirish kurslari amaliy mashg‘ulotlarida mutaxassislar hujjatlarni konservatsiya qilish, klassik qog‘oz restovratsiyasi, hujjatlarni saqlash va restovratsiyaga tayyorlash, qog‘oz ust changlarini tozalash, shikast yetgan qog‘ozlarni ta’mirlash kabi yo‘nalishlarida malaka oshirmoqdalar.