A.S.Pushkin nomidagi viloyat-axborot-kutubxona markazida tarixshunos, yozuvchi, fan arbobi—Pirimqul Qodirovga bag’ishlab “Pirimqul Qodirov- badiiy so’zni jonlantirgan ijodkor” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.
Ma’lumot o’rnida: Pirimqul Qodirov O‘zbekistonning badiiy tarixiy o‘tmishining qayta yaratilishiga ko‘p kuch va vaqt sarflagan. 1981 yil “Yulduzli tunlar” romani uchun P. Qodirovga Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti taqdim etilgan. Keyinroq, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” sharafli unvoni bilan taqdirlanadi.

Pirimqul Qodirovning o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivoji oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib ravishda baholangan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” va “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga loyiq topilgan, “El-yurt hurmati” hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.