Joriy yilning 1 – mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq shoirasi, mehnat qahramoni Zulfiyaxonim tavallud kuniga bag’ishlab “Sadoqat malikasi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi rahbari Nigora Sadinova, Samarqand viloyat Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, nemis tiliga ixtisoslashlashgan 51 – IDUM, 9 – IDUM va 46 – maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. O’quvchilar shoira ijodidan namunalar keltirishdi.