Urgut tuman axborot-kutubxona markazida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan fikr hamda tajriba almashish maqsadida tashkil etilayotgan seminar o‘z ishini boshladi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i M.Ibodullayev, Urgut tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha tuman hokim o’rinbosari M.Xoliqov, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Z.Shodiyeva hamda  15 ta tuman, shahar axborot-kutubxona markazlaridan kelgan xodimlar ishtirok etishmoqda.