Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand gornizoniga qarashli 13060 harbiy qismda Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Vatan va yurt tinchligi” mavzusida  ma’naviyat soati o’tkazildi. Unda bugungi tahlikali zamonda harbiylarimizning xizmatlari beqiyos ekanligi, ular nafaqat jismonan baquvvat balki ma’nan ham kuchli bo’lishlari bunda kitob mutolaasining o’rni beqiyos ekanligi  ta’kidlab o’tildi. Ayniqsa, mutaxassislar tomonidan Azim Suyun qalamiga mansub “Chalqancha yotgan toshbaqa”, “Tillaburamashoh” masal hikoyalaridagi  Vatanga muhabbat,  ona yurt kelajagi, yoshlarga qoldiradigan meroslar haqidagi masalalar yotgani bo’yicha  ma’lumotlar berib o’tishdi va bu harbiy xizmatchilarda  katta  taassurot uyg’otdi.