“Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman ” aksiyasi doirasida Xasan Choriyevning “Yulduz jilosi”, Komiljon Kattayevning “История Султана Бурханиддина Килича и его самых знаменитых потомков”, Karimberdi To’ramurodning “So’nggi bek”, Muhitddinov Sunnatilloning “XIX asr ikkinchi yarmi- XX boshlarida Samarqand viloyati maorifi”, Gulruh Muminovaning “Nafosatning qudrati”, Jamshid Nosirovning “Tug’yon” kitoblarini kutubxona fondini boyitish maqsadida so’vg’a qilishdi.

Shunday nodir adabiyotlar nafaqat kutubxona balki, adabiyotimiz boyishiga ham hissa qo’shadi. Kutubxona jamoasi yozuvchi va shoirlarimizga adabiyotimiz va kutubxona fondiga qo’shgan hissalari uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Quvonarlisi shundaki, kitoblarning mualliflari Samarqandlik ijodkorlardir