Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va jurnalistlar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Toshpo‘lat O‘RXUNning “Surur”, “Umr karvoni” nomli she’riy, “Tong yulduzi bolalari” tarjima kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, adib va dramaturg Farmon Toshev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Xosiyat Bobomurodova, Filologiya fanlari nomzodi Tolib Jo‘rayev, hamda yozuvchilar uyushmasi a’zolari, harbiy okrug orkestori va kitobxonlar ishtirok etishdi.
Taqdimot davomida, tadbir ishtirokchilari shoirning vatan muhabbati jo bo’lgan kitoblari hamda namunali hayot yo’li haqida bir-bir takidlab o’tishdi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va jurnalistlar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Toshpo‘lat Tugalov 1964-yilda Urgut tumani “Dehqonobod” mahallasida tug’ilgan. Mehnat faoliyatini Urgut tumanidagi gazeta bosmaxonasida boshlagan. 1982-1989-yillarda SamDUning o’zbek va tojik filologiyasi fakultetida o’qigan. Xarbiy xizmatda bo’lgan. Ilmiy ish bilan shug’ullangan. 1994-yildan 2016-yilgacha viloyat va Respublika televideniyasida muharrir, katta muharrir, bosh muharrir, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limida adabiy maslahatchi vazifalarida ishlagan. 2017-yildan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi rahbari lavozimida faoliay ko’rsatib kelmoqda.
Shuningdek, ijodkor bir qator she’riy to’plamlar, hangomalar, esse, ocherk va intervyular hamda badiiy publitist kitoblarning muallifi hamdir.