Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining talabalik hayotiga qadam qo’ygan yoshlar tashrif buyurishdi. Qaysi sohada bo’lmasin inson o’zining kasbini ustasi bo’lishi uchun albatta, kitob o’qishi, o’rganishi lozim. Talabalar ham o’zlari tanlagan sohalari ya’ni Dasturiy injiniring hamda Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo’nalishlaridan chuqur o’rganishlari maqsadida kutubxona fondi bilan kutubxona mutaxassislari yaqindan tanishtirdilar.