Avval xabar berilganidek, Andijon shahrida “Central Asia-2022: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XV Xalqaro konferensiyasining ikkinchi kuni davom etmoqda. Ayni paytda konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda bo‘lib o‘tmoqda. 2-sho‘ba. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bibliografik yozuvlarni yaratish va bibliografik faoliyat bo‘yicha zoom platformasi orqali o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda viloyat A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi xodimlar ham onlayn qatnashmoqdalar.