“Ayanchli taqdir osmondan tushmaydi. U har bir kishining axmoqligidan kelib chiqadi”.

Alberti

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida “XXI asr -Giyohvandlikka kurashish asri” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davar suhbatida giyohvadlikka qarshi videorolik namoyish etildi. Shuningdek, kitobxonlarning mavzuga oid qanchalik bilimlari borligini sinovdan o’tkazish maqsadida savol-javoblar tashkil qilindi. Bundan tashqari, tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlar ongida goyohvadlikka bo’lgan ogohlikni, uni yoshlar orasida tarqalmasligini oldini olish, buning uchun ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilib, kitobga oshno etish kerakligi kutubxona xodimlari tomonidan ta’kidlanib o’tildi.