Kitobxonlarga yangi adabiyotlar haqida yanada ko’proq va kengroq ma’lumot berish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlarning ko’rgazmasi tashkil qilindi. Ko’rgazmada asosan rus adabiyotlari o’rin olgan bo’lib, u orqali rus adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.