Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi o’rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari doirasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida MEMORANDUM imzolandi.

Kelgusida memorandum doirasida har ikkala tomon hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qonun, Nizom va Dasturlarning mazmun- mohiyatini ochib beruvchi huquqiy bilimlarni oshirishda ijtimoiy, siyosiy bahs munozaralarga jalb etish, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.