Joriy yilning 3 fevral kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Yangi adabiyotlar bo`yicha kitoblar sharhi bo`lib o`tdi. Yangi adabiyotlar bo`yicha kitoblar sharhini R. Shamsiyeva va Sh. Tadjiyevalar olib borishdi.
R. Shamsiyeva Yangi adabiyotlar sharhini virtual tarzda taqdim etdi. Bular:
T.M. Kostigovaning “Qizaloqlar, Qizlar, Ayollar”, “Eng chiroyli ismlar va ularning ma’nolari”, Jek Londonning “Muhabbat va matonat”, N. Ismailovning “Sher yigit”, Agata Kristining “Alkarnaku kemasidagi qotillik”, U. Hamdamning “Sabo va Samandar”, K. Sindarovning “So‘poqsoydagi sirli qotillik”, Toxir Malikning “Jinoyatning uzun yo‘li” kitoblaridan iborat. 
Sh. Tadjiyeva tomonidan O. Xasanovning “Liderlar kitobi”, J. Jovliyevning “Qo‘rqma”, Usmon Hosilning “Odatnoma”,  Sh. Ergashevning “Jahon tarixi – Eng yangi davr”(3- qismi), R. Shamsutdinovning “Vatan tarixi” va A. Usmonxodjayevning “O‘zbekistonda o‘sadigan shifobaxsh o‘simliklarning etimologik zamonaviy Ensiklopediyasi”  kabi yangi adabiyotlar sharhi o`tkazildi.