A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot -kutubxona markazida 7 – fevral kuni Yozuvchilar uyushnasi bilan hamkorlikda “Mir Alisher Navoiy g’azallarini o’qib” deb nomlangan davra suhbati va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ochildi Qo‘ysun Azimmurodovning “Avvalgilarga o’xshamas ” deb nomlangan kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining rahbari Toshpo’lat Tugalov. O’zbekiston Resrublikasi madaniyat xodimi X. Bobomurodova ,shoira J.Suvonova va ko’pgina taniqli yozuvchilar qatnashdilar. Ular o’z ma’ruzalarida O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi Alisher Navoiyning jahon xalqlari ma’naviyati va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini va uning boy ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish va asrab-avaylash hamda dunyo jamoatchiligi, mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yosh avlod orasida keng targ‘ib qilish kerakligi haqida va Ochildi Qo‘ysun Azimmurodovning “Avvalgilarga o’xshamas ” deb nomlangan kitob taqdimoti o’tkazilib u kishi ijodi haqida iliq fikirlar bildirib kelgusi ijodlariga omad tiladilar.