Yangi adabiyotlar taqdimoti
Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand harbiy okrugiga  qarashli kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi kursantlari o’rtasida yangi ilmiy va monografik kitoblar  taqdimoti o’tkazildi. Tadbirni  harbiy markaz madaniy ma’rifiy ishlar bo’yicha komandir maslahatchisi X.O’razov kirish ochib berdi. Shundan so’ng mutaxassislar  “Sotsial va umumiy psixologiya”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Oila ma’naviyati”, Ijodiyot va ma’naviy yuksalish”  “Ma’naviyat asoslari” mavzularidagi  ilmiy maqolalar,   “O’yin va innovatsion tafakkur”  nomli monografiya kitoblari haqida to’liq tushunchalar berib o’tishdi.