Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida Jumagul Suvonovaning “Samarqandnoma” tarixiy biografik dostoni, Abduhamid Xudoyberdiyevning “Amirning buyurmagan oltinlari”, Farmon Toshevning “Ko’ngil shavqi-ijod zavqi” kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda “Zarafshon” gazetasining bosh muharriri F. Toshev, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari T.Tugalov, “Xalq so’zi” gazetasining Samarqnd viloyat muxbiri A.Yo’ldoshev, “Zarafshon” gazetasi muxbiri X.Ernazarova hamda ijod vakillari qatnashishdi.