O‘tayotgan har bir kun bizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston davlat gerbi qabul qilingan sanaga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu sananing Vatanimiz, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati beqiyosdir.

1992- yil 2- iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Shuni aytish joizki, Davlatimiz ramzlari – Bayroq, Gerb, Madhiya xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan. Ularni e’zozlash o‘zining, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchidir.