“Kutubxonada” nomli insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida hamda Samarqand SOS Bolalar mahallasi bilan hamkorlikda “Kutubxonada” nomli insholar tanlovini o’tkazdi.Tanlovda SOS Bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari faol qatnashishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o’rinni Pastdarg’om tuman 1-IDUMning 8-sinf o’quvchisi Eshonqulova Shahzoda, 2- o’rinni 63-son maktabning 8-sinf o’quvchisi Tadjibayeva Nilufar, 3- o’rinni 29-son maktabning 6-sinf o`quvchisi Topiboldiyeva Kamolalar 

O’quv seminar

  Axborot bibliografiya xizmati  tomonidan  “Bibliografiyaning tushunchasi  va turlari “,  “Bibliografiya ishini tashkil etish”, “Bibliografik qo`llanmalar tuzish” “Gazeta, jurnallarning bibliografik tavsifi” mavzusida, yigma  elektron  katalog xodimlar tomonidan “Yig‘ma elektron katalog tizimi”  “ Bibliografik yozuv yaratish”, “Asosiy  bazaga  nusxa  qo’shish “   mavzusida  o’quv  seminari bo’lib o’tdi.

Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi

2022 yil 1 iyunda A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida PQ 4354- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida TAKM rahbarlari tomonidan qilingan ishlar va bundan keyin amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan viloyat AKM direktori Z.N.Shodiyeva rahbarligida yig’ilish bo’lib o’tdi. Kun tartibiga qo’yilgan barcha masalalar muhokama qilindi. Rejalashtirilgan ishlar va kamchiliklar yuzasidan vazifalar berildi.“Hamdo’stlik kutubxonalarining ta’lim sohasidagi hamkorligi…

O’quvchilarni kitobga oshno qilaylik

Maktab o’quvchilarini yozgi ta’til davomida vaqtini sermazmun o’tkazish va kitobga oshno qilish maqsadida Samarqand shahar 9- maktabning 4- sinf o’qituvchisi o’quvchilari bilan  A.S. Pushkin  nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirdilar. Shuningdek, ta’til davomida kutubxonaga kelib, badiiy kitoblar o’qib, ma’naviy boyliklarini oshirishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdilar.

Uchinchi Renessans vakillari- millat iftixorlari

Joriy yilning  30- may  kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  viloyat axborot–kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi va Markazning Samarqand viloyati bo‘limi hamkorligida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Uchinchi Renesans vakillari-millat iftixori” shiori ostida ijodkor yoshlar seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida Markazning Samarqand shahar bo‘linmasining targ‘ibotchi va istedodli yoshlari tomonidan…