2022 yil 1 iyunda A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida PQ 4354- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida TAKM rahbarlari tomonidan qilingan ishlar va bundan keyin amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan viloyat AKM direktori Z.N.Shodiyeva rahbarligida yig’ilish bo’lib o’tdi. Kun tartibiga qo’yilgan barcha masalalar muhokama qilindi.

Rejalashtirilgan ishlar va kamchiliklar yuzasidan vazifalar berildi.
“Hamdo’stlik kutubxonalarining ta’lim sohasidagi hamkorligi ” loyihasi doirasida Rossiya federatsiyasining Moskva va Nijniy Novgorod shaharlarida Rossiya kutubxonalari assosatsiyasining XXVI konferensiyasida ishtirok etgan AKT xizmati rahbari K. Laptev seminar ishtirokchilariga o’z taqdimotini namoyish etdi.